Lautaro Martines Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Argentinalik futbolchi kecha musobaqaning yarim final doirasidan o‘rin olgan “Shaxtyor”ga (5:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etish bilan birga jamoadoshi Romelu Lukakuning goliga ham assistentlik qilgan edi.
Endi “Inter” 21 avgust kuni Evropa ligasi finalida “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar