
Lautaro Martines tez orada "Inter" bilan muhim masalani hal qilib oladi
“Inter” hujumchisi Lautaro Martines jamoa bilan shu oy oxirigacha amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchining “neradzurrilar” bilan yangi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolanadi. Uning yillik maoshi esa 2,5 mln evrodan 4,5 mln evroga ko‘tariladi. Bundan tashqari, shartnomada erishish juda ham oson bo‘lgan bir qator bonuslar ham keltirilgan. Shu bilan birga, yangi kelishuvda tovon puli belgilanmagan.
Martines amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan va tovon puli 111 mln evroni tashkil etadi. Lautaro joriy mavsum “Inter” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol urdi.
Fikrlar