
Lautaro Martinesning fikricha "Oltin to‘p"ni PSJ futbolchisi qo‘lga kiritadi
Lautaro Martines "Oltin to‘p" sovrini uchun eng kuchli nomzodlar haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Siz PSJ va "Barselona"ga qarshi o‘ynadingiz. Bu yil qaysi futbolchi "Oltin to‘p"ga munosib deb o‘ylaysiz?
- Ko‘pchilik futbolchilar ajoyib mavsumni o‘tkazib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Parij jamoasidan anchagina nomzodlar (9 ta) bor va ulardan biri g‘olib bo‘lishi mumkin - masalan, Ashraf Hakimi yoki Dembele.
Aytgancha, menga Muhammad Saloh juda yoqadi. Ammo bu hammasi qanday baholanishiga bog‘liq, sababi u Premer-ligada ajoyib mavsum o‘tkazdi va g‘alaba qozondi, - dedi "Inter" hujumchisi.
Fikrlar