Lazizbek Mullajonov: "Boks ishqibozlari tomonidan men va Jalolovni taqqoslash bo‘ladi. Bu menga kuch beryapti!"

  • 21 oktabr, 2021, 19:33
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so‘ng Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi. Bu safar +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovning o‘rniga yosh, iqtidorli bokschimiz Lazizbek Mullajonovga imkon berilmoqda. SPORTS.uz sayti chempionat oldidan uning fikrlari bilan qiziqdi.

-Ushbu yirik musobaqada aynan og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchiga e’tibor ko‘proq qaratiladi. Jalolovdan keyin qanday o‘rinbosar etishib chiqqani ko‘pchilikka qiziq. Bu siz uchun qay darajada mas’uliyat yuklaydi? Musobaqa oldidan hayajon bormi?

- Xozir xohlaymizmi, yo‘qmi, albatta, ishqibozlar tomonidan men va Jalolovni taqqoslashadi. U butun dunyoga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘ydi va bu narsa menga ham kuch bermoqda. Shu bilan birgalikda, elkamga katta bir mas’uliyat yuklayapti, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

-Amerika, Qozog‘iston va Buyuk Britaniyaning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibida Richard Torres, Freyzer Klark, Kamshibek Konkabaev kabi Olimpiada o‘yinlari sovrindorlari o‘rin olmagan. Bu siz uchun yaxshi yangilik, desak bo‘ladimi? Yoki aynan ularga qarshi o‘zingizni sinab ko‘rishni istagan edingizmi?

-Qaysidir ma’noda yaxshi yangilik, deb ham bo‘lmaydi. Chunki yangi nom, yangi qirralar, biz ularni yaxshi tanimaymiz. Lekin men uchun katta imkoniyat, deb o‘ylayman va Xudo xohlasa, g‘alaba qozonamiz.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Mullajonov yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, bir qator xalqaro turnirlar g‘olibi va harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati oltin medali sohibi hisoblanadi. Barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lsin, deb qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
22/10/2021 00:08
Бўлажак Баходир. Умидимиз катта ундан. Омад.
Baxil Alihuja
22/10/2021 18:52
Жуда камтарин ва жуда яхши йигит