Leau: “Menga bu yilgi “Asenal” yoqib qoldi”

  • 26 dekabr, 2022, 00:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” futbolchisi Rafael Leau klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani yo‘q. Hujumchi 2024 yilning yozida erkin agentga aylanadi. Portugaliyalik o‘z kelajagi haqida gapirdi.

“Yangi ligada o‘ynash? Ha, kelajakda. Biroq hozir bor e’tiborimni “Milan”ga qaratganman. Bu top klub va shartnomam ham bor. Shahar ham menga juda yoqadi”, - dedi Leau.

Men ko‘p o‘yinlarni tomosha qilmoqdaman. Bu yilgi “Arsenal” yoqib qoldi. Ular juda zo‘r o‘ynamoqda”, - deya qo‘shimcha qildi 23 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Rafael ushbu mavsum barcha chempionatlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!