Legionerimiz g‘alaba golini urdi!

  • 6 fevral, 2021, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yangi mavsumga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik ko‘rayotgan Belarus chempioni – Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida Armanistonning “Pyunik” klubi futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda soligorskliklar 3:2 hisobida zaar quchdi. “Shaxtyor”ga g‘alaba keltirgan hal qiluvchi golni hamyurtimiz Shahzod Ubaydullaev kiritdi. Bellashuvga ikkinchi bo‘limda qo‘shilgan o‘zbek legioneri 71-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.

"Shaxtyor" (Belarus) — "Pyunik" (Armanston) — 3:2

Shaxtyor: Chernik, Shevchenko (Solanovich, 46), Politevich, Xadarkevich, Makarenko, Korzun, Diasamidze (Sotnikov, 66), Zabelin (Litskevich, 87), Ivanovich (Shindagoridze, 46), Podstrelov (Kunskiy, 83), Debelko (Ubaydullaev, 46).

Gollar: 1:0 — Diasamidze (18, pas — Ivanovich),  1:1 — (24), 2:1 — Korzun (29, pas — Diasamidze), 2:2 — (37), 3:2 — Ubaydullaev (71, pas — Shindagoridze).

Ta’kidlash joizki, Shahzod Ubaydullaev “Shaxtyor”ning Birlashgan Arab Amirliklari vakili – “Liva” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida ham gol urib, soligorskliklarning 4:0 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan edi.

Shahboz Umarov – Turkiyada!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!