Legionerimiz ikkita supergol orqali birinchi o‘ringa ko‘tarildi!

  • 19 avgust, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi jamoalari uchun 17-tur uchrashuvlari mag‘lubiyatsiz yakunlandi.

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev o‘ynayotgan “Qayrat” jamoasi “Qizil-Jar” mehmoni bo‘lib, qiyin o‘tgan bellashuvda kichik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi. Bellashuvning 39-daqiqasida Anlrey Ulshin kiritgan gol “Qayrat”ga navbatdagi uch ochkoni keltirdi.

Bellashuvda legionerimiz to‘liq o‘ynab, muhim g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.  

“Qayrat”  16 ta uchrashuvda ochkolari sonini 31 taga etkazib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tajribali hujumchimiz Shohnazar Norbekovning jamoasi “Qaysar” chempionlik uchun kurashayotgan “Aktobe”dan ochko tortib oldi. Raqib maydonida o‘tkazilgan bahsning 44-daqiqasida Ersulton Torekulning o‘rniga maydonga tushgan legionerimiz 82-daqiqaga kelib, qayta zaxiraga olindi.

Ikki ochko yo‘qotgan “Aktobe” birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Turning eng murosasiz uchrashuvi “Shaxtyor” va “Ordabasi” o‘rtasida kechdi. Bellashuv qahramoni Jasurbek Yaxshiboev bo‘ldi.  Beshta gol bo‘lgan bellashuv 3:2 hisobida chimkentliklar g‘alaba qozondi.

Jasurbek Yaxshiboev mehmonlarning uchala golida ishtirok etdi. O‘zi ikkita to‘p kiritganidan tashqari legionerimiz jamoadoshi Artyom Besedinga ham golli pas uzatdi.

“Ordabasi”dagi ikkinchi vakilimiz Shahboz Umarov bahsda ishtirok etmadi.

Qozog‘iston Premer-ligasidagi debyut mavsumida ilk bor dubl qayd etgan Jasur Yaxshiboev chempionatdagi gollari sonini 7 taga etkazib, to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Mohir hujumchi to‘purarlar bahsida “Tobol” hujumchisi Islom Chesnokov va “Qayrat” legioneri Joao Paulodan bitta golga o‘zib ketdi.

E’tiborli jihati, 27 yoshli hujumchimiz Qozog‘iston chempionatidagi ilk uchrashuvini birinchi turda aynan “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazib, o‘shanda ham raqib darvozasiga yo‘l topa olgandi.

Yaxshiboev bu ligadagi ettita golidan qolgan to‘rttasini “Qayrat”, “Turon”, “Jetisu” va “Qaysar” jamoalari darvozasiga kiritgan.

Hamyurtimizning dubli evaziga qimmatli uch ballni qo‘lga kiritgan amaldagi chempioni birinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini saqlab turibdi. Hozirgi peshqadam “Qayrat”dan ikki ochkoga ortda qolayotgan chimkentliklar hisobida yana ikkita o‘yin bor. Ayni paytda Yaxshiboev va Umarov jamoasi 14 ta o‘yindan keyin 29 ochko bilan uchinchi qatorda boryapti.

Qozog‘iston Premer-ligasida o‘ynayotgan to‘rt nafar legionerimizning o‘z klublari bilan amaldagi shartnomalari shu yilning 31 dekabr kuni yakuniga etadi.

 

O‘zbek bokschisi o‘ta tezkor ekan, uni hech kim “tutolmadi”!

TsSKA hujumchilardan norozi, Fayzullaev esa transferlar haqida gapirdi!

Shomurodov “Roma”da qoldimi?

Fayzullaev faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Hozir dunyoda eng zo‘ri o‘zbek bokschilari, Kuba ikkinchi darajaga tushdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!