Legionerimiz premer-liganing eng qimmat o‘yinchisiga aylandi!

  • 12 iyun, 2022, 16:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Qozog‘iston premer-ligasining eng qimmat futbolchilarini aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, “Tobol” sharafini himoya qilayotgan hujumchimiz Igor Sergeev chempionatning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘ldi. Sayt mutaxassislari o‘zbekistonlik to‘purarni 1,7 million evroga baholagan.

209981_f333308d250a2dd46fe9e1b2eb832b95

Yangilangan reytingga ko‘ra, 29 yoshli futbolchimizning transfer summasi o‘zgarishsiz qolgan. Avvalgi ro‘yxatda undan balandda joylashgan “Qayrat”ning polshalik legioneri Yatsek Guralski 200 ming evroga arzonladi va uning transfer summasi 1,6 million evroni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, eng qimmat futbolchilar reytingida keyingi pog‘onalarni egallab turgan “Qayrat”ning gvineyalik hujumchisi Xose Kante hamda “Astana”ning liberiyalik forvardi Muhammad Kamara ham 100 ming evroga arzonlab, har ikki o‘yinchining transfer narxi 1,4 million evroga tenglashdi.

Qozog‘iston chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylangan Igor Sergeev 2021 yilning boshida ushbu mamlakatda to‘p tepmoqda. “Paxtakor”dan “Aktobe”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan hujumchimiz yarim mavsumdan keyin o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Tobol”ga ko‘chib o‘tdi.

Igor Sergeev o‘tgan yili kustanayliklar bilan birga Qozog‘iston chempioni bo‘ldi.

Bu mavsumda ham Igor jamoasining asosiy to‘purari hisoblanadi. Hamyurtimiz premer-ligada 12 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.

Sergeev “Paxtakor”dan tashqari Xitoyning “Beytszie Goan”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Zafra”  jamoalaridan ham faoliyat yuritgan va bu mamlakat chempionatlarida ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Tajribali hujumchi 2013 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va mamlakatimiz bosh jamoasida 62 ta uchrashuvda 19 ta golga mualliflik qildi.

Qozog‘iston premer-ligasida to‘p tepayotgan yana ikki futbolchimiz – Jasur Jaloliddinov va Odilbek Abdumajidovning transfer summasida ham o‘zgarish bo‘ldi.

News-image-1645597411_1

“Qayrat”da o‘ynayotgan hujumkor futbolchimiz Jasur Jaloliddinovning transferi 100 ming evroga arzolanlab, ayni paytda uning narxi 550 ming evroga baholanmoqda. 20 yoshli futbolchimiz Qozog‘iston premer-ligasidagi debyut mavsumida etti marta maydonga tushib, hali samarali ko‘rsatkich qayd etgani yo‘q. Uning “Qayrat” bilan ijara shartnomasi shu yilning 31 dekabrigacha tuzilgan.

“Ordabasi”da to‘p tepayotgan markaziy himoyachi Odilbek Abdumajidovda sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Qozog‘istonga kelganidan beri narxi 100 ming evroga ko‘tarilgan legionerimiz hozir 250 ming evroga baholangan.

Bekobodning “Metallurg” jamoasidan “Ordabasi”ga o‘tgan himoyachimiz premer-liganing o‘nta bahsida qatnashib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, bir marta jamoadoshlariga gol urish imkoniyatini yaratib berdi.

“Roma” bizning futbolchini olmoqchi!

Shomurodov Beyl bilan birga o‘ynashi kutilmoqda!

Shomurodovning bu ishini Mourino hech qachon unutmaydi!

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!