
Legionerlarimiz. Aliqulovning narxi o‘sdi, Turg‘unboevchi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Aziz Turg‘unboev va Husniddin Aliqulov Turkiya Superligasida faoliyat olib bormoqda. Bugun "Transfermarkt" portali ushbu chempionat futbolchilarining narxlari yangiladi.
Unga ko‘ra, "Rizespor" himoyachisi Husniddin Aliqulovning narxi 1.5 million evroga etdi. Uning avvalgi narxi 1.2 million evro edi. "Sivassor" yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboevning narxi esa o‘zgarmadi. U hozirda 1 million evro qiymatga ega.
Eslatib o‘tamiz, ikkala legionerimiz ham termamizning so‘nggi yig‘iniga jalb qilingan.
Fikrlar