Legionerlarimiz. Aziz Haydarov to‘p suradigan klub autsayder jamoa bilan durang o‘ynadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun BAA Pro-ligasida 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Aziz Haydarov to‘p suradigan “Ajman” klubi bu tur “Emireyts” mehmoni bo‘ldi.

Mazkur o‘yinda Ayman Al Ramadi boshqaruvidagi “Ajman” turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgan klub bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Haydarov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va odatdagidek to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Ajman”ning ochkolari soni 20 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 12 klub orasida 7-o‘rinda bormoqda.

BAA Pro-ligasi. 17-tur

“Emireyts” – “Ajman” 1:1

Gollar: Park Chong Vu (49 penaltidan) – Maiga (76).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!