Legionerlarimiz to‘p surayotgan jamoa yana yutqazdi

  • 25.11.2020 23:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Rossiya Milliy futbol ligasining 24-turida “Nefteximik” klubi o‘z maydonida musobaqa peshqadami bo‘lib turgan “Nijniy Novgorod” jamoasini qabul qildi.

Lekin bu safar ham legionerlarimiz to‘p surayotgan “Nefteximik” mag‘lubiyatga uchradi. Nikolay Kalinskiyning 71-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga mehmonlar uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur bellashuvda Vagiz Galiulinning sariq kartochkalari to‘rttaga etgani bois uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Yana bir hamyurtimiz – Bobur Davlatov 54-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin “Nefteximik” 8-o‘ringa tushdi.

Navbatdagi turda “Nefteximik” safarda 20-o‘rinda borayotgan “Chertanovo” jamoasi bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!