
Lempard "Chelsi"ning ayni damdagi eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard kecha APLning 8-turidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga (4:1) qarshi o‘yindan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Villian haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Villian shubhasiz ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Agar videodarslik yaratmoqchi bo‘lishsa, shunchaki uning bugun “Sautgempton”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinidan lavhalar olinsa etarli.
Oxirgi 4-5 ta o‘yindan buyon u bizning eng yaxshi o‘yinchimiz bo‘lib turidi. Bizda o‘rnak qilib ko‘rsata oladigan futbolchilarimiz borligi bu ajoyib”, - deydi Lempard.
Ma’lumot uchun, Villian joriy mavsum “Chelsi” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Aristokratlar” esa 14 ochko bilan 5-pog‘onada borishmoqda.
Fikrlar