
Lempard "Chelsi"ning yosh yulduzini qo‘llab-quvvatladi
Londonning “Chelsi” klubi sobiq futbolchisi Frenk Lempard xozirda jamoada to‘p tepayotgan Andreas Kristensen haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘shanda jamoaga van Deyk kelgan taqdirda ham, Kristensen maydondagi o‘rin uchun kurash olib borardi. Biz uning yuqori darajadagi qobiliyat egasi ekanligini bilardik. 16 yoshida assosiy tarkibga kelib qo‘shilgan Andreas butun jamoani qoyil qoldirgandi. Shuni aytish kerakki, ayrim yosh futbolchilar o‘yin tezligini oshirish va qaror qabul qilishda qiyinchilikga duch kelishardi. Biroq, unda bu holatlar kuzatilmasdi.
Kristensenning yoshi va qobiliyati uning transfer narxiga katta ta’sir o‘tqazgan. Xabaringiz bor, “Chelsi” u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. “Aristokratlar” uni qo‘yib yubormasliklariga ishonchim komil.
Andreas o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishga tayyor turishi kerak. Chunki u jamoa etakchilaridan biridir va xozir mavsumning eng qiyin qiyin vaqti, - deya Lempardning so‘zlarini keltiradi Goal.com nashri.
Fikrlar