Lempard: Faqat natijadan qoniqdim

  • 28 iyun, 2020, 23:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya kubogi 1/4 final bosqichi doirasida "Lester" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida izoh berdi.

Tecno

"Bugun odatiy o‘yinimizni namoyish eta olmadik, biroq natijadan qoniqdim, men uchun yarim final yo‘llanmasining o‘zi etarli.

Xatolarimizdan xulosa chiqaramiz. Gohida o‘yin o‘xshamay turganda, g‘alaba qozonish uchun qat’iyat ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik, endi esa e’tiborimizni chempionat bahslariga qaratishimiz va Chempionlar ligasiga chiqish ishlarini hal qilishimiz kerak", - deydi Lempard.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!