Leroy Sanega "Bavariya" va yana 2 ta top klub xaridor!

"Bavariya" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Saneni o‘z tarkibiga qo‘shib olishdan hamon umidvor.

Xabarga ko‘ra, Myunxen klubining sport direktori Xasan Salixamijich o‘tgan hafta LIAN Sports agentligi bilan uchrashgan va 24 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishlarini ma’lum qilgan. Ammo, Sanening yangi agentlari rasmiy ravishda 1 apreldangina muzokaralar o‘tkazishlari mumkin.

Nemislar Sane bilan 5 yillik bitim imzolashni xohlashmoqda va futbolchining o‘zi ham faoliyatini Germaniyada davom ettirishga qarshi emas.

Sport Bild nashrining ma’lum qilishicha, Sanega top jamoalarning yana 2 tasi qiziqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan 2021 yilning iyuniga qadar amal qiluvchi shartnomasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!