
"Lester" futbolchisiga "Tottenxem" xaridor bo‘lyapti
“Lester” yarim himoyachisi Demerey Grey mavsumlar oralig‘ida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
24 yoshli futbolchiga “Tottenxem” qiziqmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.
Greyning “tulkilar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga yana bir yil qolganini inobatga olganda, “Lester” uni sotib yuborishi mumkin.
Grey joriy mavsum APLda 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar