"Lester" Marez borasida "Roma"ga chegirma qilib bermoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning “Roma” klubi “Lester” bilan Riyod Marezning transferi bo‘yicha muzokaralarni yana davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tish lozimki, “tulkilar” so‘nggi marta 26 yoshli jazoirlik futbolchi borasida “bo‘rilar”ning 35 mln evrolik taklifini rad etishgan edi. O‘shanda ular futbolchisi uchun 40 million talab qilishgan.

Endi esa “Roma” futbolchi uchun qo‘shimcha bonuslarni joriy etadigan bo‘lsa, “Lester” uning transferi borasida Rim klubiga ozroq chegirma qilib berishga rozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!