
"Lester"ni chempion qilgan futbolchilardan biri 33 yoshida faoliyatini yakunladi!
Daniel Drinkuoter futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
"Ha, men buni qila olaman deb o‘ylayman. Men professional futboldagi faoliyatini yakunlaganimni e’lon qilmoqchiman. Bu ancha vaqtdan beri o‘ylab kelaman, ayniqsa o‘tgan mavsum va hozir men buning ayni vaqti keldi deb o‘ylayman.
Men bunga tayyor edim, deb o‘ylayman. Men faoliyatimni o‘z cho‘qqisida tugatmayapman va bu qaror qabul qilishimga yordam berdi.
Olti-etti yoshimdan beri futbol mening hayotimga aylangan va bu yo‘l hech qachon oson bo‘lmagan.
Agar men har hafta o‘ynab, jarohat yoki yoshim tufayli faoliyatimni yakunlashimga to‘g‘ri kelsa, bu qiyinroq bo‘lishi mumkin edi” - dedi 33 yoshli Drinkuoter.
Ma’lumot uchun, Daniel "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u mankunianliklarning asosiy jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan. “Yunayted” yarim himoyachini “Xaddersfild”, “Kardiff”, “Uotford” va “Barnsli”ga ijaraga berdi, keyin esa uni “Lester” to‘liq sotib oldi.
2017 yilda Drinkuoter "Chelsi"ga o‘tdi va u erda 23 ta o‘yin o‘tkazdi. U shuningdek, «Byornli», «Aston Villa», «Qosimpasha» va «Reding» klublarida ijara asosida o‘ynagan.
Futbolchi Angliya terma jamoasi safida 3 ta o‘yin o‘tkazgan. Drinkuoter 2015/16 yilgi mavsumda “Lester” bilan Angliya chempioni, 2018 yilda “Chelsi” bilan mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar