"Lester"ni chempion qilgan Raneri yana APLga qaytishi mumkin

  • 3 oktabr, 2021, 17:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Uotford” klubi rahbariyati bosh murabbiy Xisko Munosni iste’foga chiqargach, uning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshladi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, APL klubi Klaudio Raneri bilan aloqaga chiqqan. Tomonlar hozirda muzokaralar olib borishmoqda. “Uotford” yangi bosh murabbiy nomzodini yaqin orada e’lon qilmoqchi.

“Uotford” ortda qolgan 7 ta turdan so‘ng APL musobaqa jadvalida 7 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Ranerining so‘nggi ish joyi “Sampdoriya” klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoani o‘tgan yoz tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!