Levandovski 2016 yildan beri eng yomon natija qayd etdi

  • 24 aprel, 2023, 15:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujum chizig‘i etakchisi Robert Levandovski Ispaniya chempionatining 30-turida Madridning “Atletiko”siga qarshi kechgan o‘yinda gol ura olmadi.

Insayder Pedro Martinning xabar berishicha, 34 yoshli hujumchi "ko‘k-anorranglilar" va milliy terma jamoa safida o‘tkazgan so‘nggi 10 uchrashuvining 9tasida gol ura olmagan. Bu 34 yoshli futbolchining 2016 yil bahoridan beri eng yomon seriyasi.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski "Barselona" safiga o‘tgan yozda "Bavariya"dan 45 million evro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi 38 ta uchrashuvda qatnashib, 27 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!