Levandovski "Barsa"ga o‘tmoqdami? Xavi javob berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubi "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski bilan muzokara olib borayotganini tasdiqladi.
"Levandovskining "Barselona"ga o‘tishi ehtimoli bormi? Ha, bu rost. Bu haqda Robertning o‘zi ham ochiqchasiga aytdi. Ayni paytda muzokaralar olib borilmoqda, ammo bu oson bo‘lmasligi aniq. Sababi, uning "Bavariya" bilan yana bir yillik shartnomasi bor", — deya Xavining so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.
Avvalroq, Levandovski Myunxen klubi unga yangi shartnoma taklif qilmagani va shu sababdan jamoani tark etish niyatida ekanini aytgandi.

Fikrlar