Levandovski “Bavariya”ga “razborka”ga bordi!

  • 01.08.2022 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ga ko‘chib o‘tgan polshalik hujumchi Robert Levandovsi AQSh safaridan qaytganidan keyin Myunxenga yo‘l oldi.

Sportowe Fakty nashrining xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi “Bavariya” sport direktori Hasan Salixamidjich bilan uchrashib, o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib olmoqchi. Levandovski klub mutasaddisi bilan katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan intervyulardagi gap-so‘zlarini muhokama qilib oladi.

Shuningdek, Robert Levandovski o‘zining transferi doirasida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan tanqidlar va e’tirozlar bo‘yicha bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan ham gaplashib olishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski “Barselona”ga 45 million evroga transfer qilindi va kataloniyaliklar bilan 2026 yilning 30 iyunigacha shartnoma tuzdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!