
Levandovski Immobile va Vernerdan so‘ng bu natijani qayd etdi. U nima qildi?
"Bavariya" klubi forvardi Robert Levandovski bugun Bundesliganing 18-turida "Gerta"ga (4:0) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Shu tariqa polshalik futbolchining chempionatda kiritgan gollari soni 20 taga etdi. E’tiborlisi, Levandovski Evropa top-5 chempionatlari orasida joriy mavsum 20 ta gol urgan 3-futbolchi bo‘ldi.
Bungacha ushbu natijaga "Latsio" forvardi Chiro Immobile (23) va "RB Leyptsig" forvardi Timo Verner (20) erisha olgan edi.
Fikrlar