Levandovski Ispaniyada o‘zidan zo‘r hujumchi borligini tan oldi
“Barselona” safiga ko‘chib o‘tgan Bundesliganing keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovski Ispaniya chempionatida Karim Benzema bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
- Benzema – ajoyib o‘yinchi va u buni o‘tgan mavsum ham namoyish qildi. Chempionlar ligasida PSJ, “Chelsi” va “Manchester Siti”ga qarshi qanday o‘ynaganini ko‘rdik. U anchadan beri La Ligada. Bu ligani juda yaxshi biladi.
Hatto Chempionlar ligasida ham zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ydi. Ana shunday futbolchilar bilan bir chempionatda shynash maroqli. Muxlislarga juda qiziq bo‘ladi.
Men uchun jamoam bilan qanday o‘ynashimiz, g‘alabani g‘alabaga ulashimiz muhim. Asosiy maqsadim shu, - dedi Robert Levandovski.

Fikrlar