Levandovski kutilmagan jamoadan chorlov oldi

  • 4 mart, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FourFourTwo portalining xabar berishicha, “Arsenal” mutasaddilari “Bavariya” to‘purari Robert Levandovskini nishonga oldi.

Tecno

Polshalik hujumchi bugungi kunda kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urayotgan futbolchi hisoblanadi. U muhitni yangilash maqsadida Myunxendan ketishi mumkinligini aytgan. Unga Ispaniya va Angliya grandlaridan qiziqish bor.

Biroq, “Arsenal”ning chorlovi kutilmaganda yangradi. Mikel Arteta Per-Emerik Obameyang ketganilan keyin ko‘p gol ura oladigan hujumchi qidirmoqda.

“Kanonirlar” 33 yoshli hujumchiga uzoq muddatli shartnoma va yaxshi maosh taklif qilishga tayyor. Levandovski joriy mavsumda 33 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 39 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga  uchta golli pas oshirdi.

Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!