Levandovski "Oltin to‘p" sari dadil qadam tashlamoqda

  • 24 oktabr, 2020, 20:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasi doirasida "Bavariya" "Ayntraxt"ni 5:0 hisobida taslim etdi.

Tecno

Myunxenliklar forvardi Robert Levandovski xet-trik qayd etishga erishdi. Levandovski faoliyati davomida Germaniya chempionatining bir o‘yinida 3 ta gol urishni 11-marta uddaladi. Undan faqatgina 3 ta futbolchi ko‘proq xet-trik qayd etgan. Bular: Gerd Myuller (32 marta), Klaus Fisher (12) va Tomas Myuller (12).

Shu qatorda, polshalik hujumchining gollari 5 ta turdan so‘ng, 10 taga etdi. Bu Bundesliga rekordi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!