Levandovski politsiyaga nega murojaat qildi?

  • 29.10.2020 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” to‘purari Robert Levandovskining sobiq agenti Tsezariy Kuxarski Polshada hibsga olindi.

Varshava prokuraturasi xabariga qaraganda, Levandovski bu ishda jabrlanuvchi hisoblanadi. Chunki, sobiq agent tovlamachilik yo‘li bilan futbolchining 20 million evro miqdordagi mablag‘ini o‘zlashtirib olgan. Politsiya Kuxarskining uyini tintuv qildi.

Sobiq agent futbolchi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmasligi uchun pul talab qilganidan keyin Levandovski huquq tartibot organlariga murojaat qilgan. Kuxarski Levandovski va uning rafiqasini RL Management kompaniyasining katta miqdordagi mablag‘ini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganlikda ayblagan.

Kuzarski 2008-2018 yillar davomida Levandovskining agenti bo‘lib ishlagan va futbolchining “Borussiya” bilan shartnoma imzolashida asosiy ishni bajargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!