Levandovski: "Yunayted" haqida o‘ylashimiz kerak"
Robert Levandovski "Barselona"ning Evropa ligasi hamda La Ligada g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
"Barsa" ayni vaqtda Ispaniya chempionatida peshqadam. Bu mavsum La Liga hamda Evropa ligasida chempion bo‘lishimiz mumkinmi?
Albatta, bu haqda qayg‘urishimiz kerak. Bu katta va qiyin sinov. Imkoniyatimiz yo‘q, demaslik kerak. Bizda g‘alaba qozonish uchun hammasi etarli. Sababi, biz La Ligada peshqadammiz.
Avvalambor, MYu haqida o‘ylashimiz zarur, lekin ichki chempionatdagi har bir uchrashuvga ham e’tibor bilan yondashish zarur. Agar ketma-ket o‘yinlarda g‘alaba qozonsak, chempionlikka yaqin kelamiz", - dedi "ko‘k-anorranglilar" forvardi.



Fikrlar