Levandovskidan zo‘rini topdik

  • 30.10.2022 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Robert Levandovski “Barselona”ga o‘tib ketganidan keyin “Bavariya” to‘purar hujumchi borasida jiddiy muammolarga duch keldi. Ayni paytda klub mutasaddilari ko‘p to‘p kirita oladigan hujumchi qidirmoqda.

Hozircha, frantsiyalik Markus Tyuram myunxenliklarga ma’qul kelib turibdi. 25 yoshli hujumchi Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasida sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganla, “Bavariya” rahbariyati bu futbolchi transferi bo‘yicha “Borussiya”ga taklif tayyorlayapti.

Tyuram joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanishi “Bavariya”ning foydasiga ishlashi ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!