Levandovskiga “Barsa” taklifi yoqmadi, boshqa variant chiqdi
“Barselona” klubi mutasaddilari to‘purar hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kataloniyaliklar futbolchiga maoshi kamaytirilgan holda bir yillik yangi shartnoma taklif qilgan. Biroq bu shartlar Levandovskini qoniqtirmadi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti yaqin vaqt ichida Italiyaga borib, Seriya A klublari vakillari bilan uchrashadi.
Chunki “Yuventus” hujumchiga eng katta qiziqish bildirayotgan klub bo‘lib turibdi. Biroq turinliklar taklifi futbolchini qanchalik qoniqtirishi hozircha noma’lum.
Levandovskining amaldagi kelishuv 30 iyun kuni tugaydi. Polshalik forvardga Saudiya Arabistoni klublaridan daromadli takliflar bor. Ammo 37 yoshli futbolchi faoliyatini top-ligalarda davom ettirmoqchi.
Fikrlar