Levandovskiga superklub xaridor

  • 16.09.2021 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” kelasi yozda yangi markaziy hujumchi sotib olishga qaror qildi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp jamoa hujumida “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski to‘p tepishini istamoqda.

Polshalik futbolchining myunxenliklar bilan hamkorligi 2023 yilning yozida tugaydi. “Bavariya” ham yozda Levandovskini yaxshiroq narxga sotib yuborishga qarshi emas.

Yurgen Klopp “Borussiya”ni boshqargan paytda jamoada Rober Levandovski ham o‘ynagan. Shu bois, germaniyalik mutaxassis sobiq shogirdining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Ular hamon do‘stona aloqalarni saqlab qolgani, Robertning “Lverpul”ni tanlashida muhim omil bo‘lishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!