Levchenko: "Nasaf"ga qarshi 11 nafar futbolchi bilan o‘ynash mushkul

  • 21 iyun, 2024, 04:41
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 12-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- O‘yinni juda yomon boshladik. Qo‘shimchasiga, chetlatish ham ta’sir qildi. "Nasaf" bilan tengma-teng o‘ynash 11 futbolchi bilan aslida mushkul vazifa.  Yigitlar bugun oxirigacha jang qilishdi. Buning uchun ularga tashakkur. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.

- Afsuski, hujumda bizga bir futbolchi etishmadi. Aynan uning yo‘qligi sababli hujumlarimizda uyushqoqlik ko‘zga tashlanmadi. Chiziqlardagi bog‘lamlar ham ishlamadi. Husayn qo‘lidan kelgan hammasini qildi, ammo unga sherik etishmadi.

- "Nasaf" taym boshida aktivlik namoyish etdi va darrov bu maydon markazidagi  holatimizga ta’sir ko‘rsatdi. Shu orqali "Nasaf"ning ustunligiga ta’sir ko‘rsatishga xarakat qildik. Qo‘shimchasiga, o‘yinimizni ham kuchaytdik.

- Agar kuzatib borgan bo‘lsangiz, Olimpiya terma jamoasiga ketish oldidan Jaloliddinovning tana harorati ko‘tarilib turgan edi. Musobaqadan kichik jarohat bilan qaytdi. Bunday savollarni berishdan oldin, jamoaning ichki muhiti va futbolchilarning holati haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Mana bugun maydonga tushdi va o‘yinni kuchaytirdi. Ayrim omillar unga 100 foiz imkoniyatini namoyish etishga yo‘l qo‘ymayapti. Sababi shu.

- Bunday o‘yinlarda ortiqcha ko‘rsatma berishga ham xojat yo‘q. Yigitlar barchasini tushunib turadi. Aksincha, hissiyotga berilmaslikni so‘rab, ularni xotirjam qilish kerak. Masalan bugun yo‘q joydan 10 daqiqada qizil kartochka ishlab oldik. Emotsiyani bir chetga surib, sovuq miya bilan to‘p surish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сафаров Кахрамонжон
21/06/2024 12:09
Ортикча камтарлик футболда керакмас Миржалол Косимовдек кесак юзсиз безбет булиш хам керак жаноб Витя Левченко сени хурматинг Фаргона халки олдида кун сайин тушиб боряпти керак булса Узбекистон мухлислари сени хурмат килаётган эди эртага 000 булиб коласан зурга ничья килиб курсаткич бериб булмайди нега Шохруз Норхоновни олиб келдинг ва нега уйинга куймайсан бу болага имконият берсанг ёриб ташлайди уйлаб кургин крахабор уйинчиларни йукот хужумчига уни тушунадиган партнёр йук буни окибатида гол хам йук
Davlatbek Alibekov
21/06/2024 08:55
Левченко ак,илли мураббий уни тушиниш учун ак,илли у'йинчи бу'лиш керак