
"Leyptsig" bosh murabbiyi: Ozgina tajriba etishmadi
Marko Roze "Leyptsig"ning Chempionlar ligasi 1/8 finalida turnirni tark etgani haqida gapirdi.
Nemis klubi javob bahsida "Real" bilan durang o‘ynadi (1:1, birinchi uchrashuvda 0:1).
"Biz etarlicha gol ura olmadik. Yakunda ular ikki bor bizning darvozamizni ishg‘ol qildi. Ishtirokimizni yakunlaganimizdan juda xafamiz. Bugun yigitlar chindan ham ko‘proq narsani xohlashini namoyish etdi.
Bizda mahoratli futbolchilar ko‘p va Bundesligada juda sermahsulmiz. Ehtimol, ayrim vaziyatlarda bizga ozgina tajriba yoki xotirjamlik etishmadi. Omadimiz kelmadi, desak ham bo‘ladi. Albatta, busiz iloji yo‘q", - dedi "Leyptsig" ustozi.
Fikrlar