Li Kan In: Hammamiz g‘ayratli va g‘alabaga ochmiz

  • 16 yanvar, 2024, 15:13
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo kubogi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan bahsda Janubiy Koreya terma jamoasi Bahrayn ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin koreyaliklarning ikki goliga mualliflik qilgan Li Kan In o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Kiyim almashtirish xonasidagilar, uydagilar, barcha xalq ushbu sovrinni kutmoqda. 64 yildan buyon ushbu musobaqada chempion bo‘lolmayapmiz, shu sababli ayni damda hammamiz g‘ayratli va g‘alabaga ochmiz.

Ushbu g‘alaba barchamizniki, ammo hali chempionlik haqida gapirishga juda erta. Keyingi bellashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun bizda 5 kun bor. Shuning uchun, mashg‘ulotlarda borimizni beramiz va keyingi bahsga bor e’tiborimizni qaratamiz.

Gap faqat mening ikkita golim haqida emas, biz kiritgan barcha gollar jamoa uchun juda muhim. Shuni aytmoqchimanki, futbol jamoaviy sport turi. Sheriklarimning yordami evaziga gollar urdim"- dedi futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!