
Liga 1: Mbappe ketsa, hammasi rasvo bo‘ladi
Frantsiya professional ligasi rahbariyati mashg‘ur hujumchi Kilian Mbappening PSJdan ketib qolishi mumkinligidan xavotirda.
Mutasaddilari Mbappening ketishi haqidagi xabar liganing televizion huquqlar bo‘yicha yangi shartnomasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Ayni paytda Frantsiya professional ligasi bir necha operatorlar bilan Liga 1 o‘yinlari keyingi besh yillik teletranslyatsiyasi bo‘yicha muzokara olib boryapti. Mbappening ketishi haqidagi gap-so‘zlar chiqishi oqibatida teleoperatorlar liga rahbariyatining 1 milliard evrolik talabini rad etdi.
Agar Liga 1ning asosiy yulduzi Mbappening ketishi aniq bo‘lsa, teleoperatorlar bilan yangi shartnomalarni tuzish jarayoni yanada qiyinlashadi.
Qolaversa, Lionel Messi, Serxio Ramos va Neymar kabi mashhur futbolchilarning Frantsiyani tark etgani ham teleoperatorlar bilan kelishish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.
Fikrlar