
Liga 1. PSJ amaldagi chempionni ayab o‘tirmadi, Messidan gol va assist
Liga 1 doirasidagi "Lill" - PSJ uchrashuvi nihoyasiga etdi. Ushbu o‘yinda poytaxtliklar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Parijliklar safida gollarni Danilu (2ta), Kimpembe, Messi va Mbappe urgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona goli Sven Botman hisobiga yozildi.
Bu natijadan so‘ng PSJning ochkolari soni 56taga etdi va jamoa jadvalda etakchilik qilishda davom etmoqda.
"Lill"ning ochkolar hisobi 32taligicha qoldi va klub 11-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar