
Liga 1. PSJ Messi va Mbappening gollari evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi
Frantsiya chempionati 12-turi doirasidagi "Ayachcho" - PSJ uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan bahsda parijliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvda Kilian Mbappe dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Lionel Messi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mazkur g‘alabadan keyin PSJ Frantsiya chempionati turnir jadvalida 32 ochko bilan etakchilikni mustahkamlagan bo‘lsa, "Ayachcho" 8 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy oldi.
Fikrlar