Liga kubogi. "Qo‘qon-1912" "Buxoro"ni tor-mor etdi

  • 7 iyul, 2019, 20:11
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 6:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Qo‘qonliklar safida Suhrob Berdiev poker qayd etgan bo‘lsa, Timur Usmonov dubl muallifiga aylandi. Bunga esa "Buxoro" tarkibida Andrey Sidorov bir bor javob qaytara oldi xolos.

Shu tariqa Aziz To‘xtaboev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 9 taga etdi va "V" guruhida 1-o‘rinni egallagan holda pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ayni daqiqalarda esa guruhning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Unda "Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘zaro kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murod Panjiev
07/07/2019 20:25
Андижон,пахтакор хам курканидан асосий таркибда уйнаб ётибд,ёшларни текширсанг булмайдими уйин амалиёти ошарди
Murod Panjiev
07/07/2019 20:22
Асосий таркиб билан уйнаганингдан кейин тор мор этасанда Бухоро чемпионатда уз уйингда тор мор килдику 1-3 га эсларингдан чикдими