"Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" "Seltik" futbolchisiga xaridor

  • 27 avgust, 2022, 14:20
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Seltik" yarim himoyachisi Mett O’Rayli jamoani tark etib, Angliya yoki Germaniya chempionatiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “ESPN” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

“Transfermarkt” portali futbolchining narxini 2,3 million evroga baholamoqda.

Daniyalik yosh futbolchi 2022 yilning yanvaridan buyon “Seltik” safida to‘p tepib keladi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!