"Liverpul" afsonasi kasalxonadan chiqdi
"Liverpul" afsonasi Kenni Dalglish kasalxonadan chiqarildi deya xabar bermoqda ingliz nashrlari.
Oldinroq, 69 yoshli shotlandiyalik mutahassisda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi.
"Kasalxona hodimlari o‘z ishlarini juda yaxshi bajarishdi. Bizda mana shunday shifokor va hamshiralamiz borligi omadimiz. Ularning barchasiga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Ko‘p odamlar menga o‘zgacha xizmat ko‘rsatiladi deb o‘yladi, biroq u erda barchamizda bir-xil sharoitda edik," - deydi Dalglish.

Fikrlar