"Liverpul" asosiy himoyachisini noma’lum muddatga yo‘qotdi

  • 17.10.2020 17:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubining markaziy himoyachisi Virjil van Deyk jarohat oldi.

Gollandiyalik futbolchi ayni paytda davom etayotgan "Everton"ga qarshi derbida raqib posboni Jordan Pikford bilan to‘qnashib ketdi. 29 yoshli futbolchining jarohati qay darajada ekani va qachon safga qaytishi keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Van Deyk joriy mavsum “Liverpul” safida 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!