"Liverpul" futbolchisi ancha kamtarin chempionatga yo‘l oladi

  • 29 avgust, 2024, 16:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Stefan Baychetich Avtriya chempionati vakili "Red Bull Zaltsburg"ga o‘tadi.

Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, bugun futbolchi yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ertaga kuniyoq esa, shartnoma imzolanishi va transfer rasman e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Baychetich aynan mersisaydliklarnig tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yilning yanvaridan beri "Liverpul"ning asosiy tarkibida o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumning ko‘p qismini jarohati tufayli o‘tkazib yubordi. Umuman olganda, yarim himoyachi ingliz klubining asosiy tarkibida jami 22 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!