"Liverpool" futbolchisi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 02.03.2026 20:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" yarim himoyachisi Kёrtis Jons faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Corrieredellosport" nashri xabar bermoqda.

Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, qishki transfer vaqtida ham "nerazzurriliklar" futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga urinigan. Biroq aniq taklif joʻnatishmagandi. Ma'lum boʻlishicha, Jonsning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan. Shu sababli Italiya grandi havbekni arzon narxda qoʻlga kiritib olishi mumkin. 

25 yoshli futbolchining ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda. 

Ma'lumot uchun, angliyalik havbek 2020 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida futbolchi 213 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritdi va 23 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!