"Liverpul" futbolchisi Messining ustidan kuldi

  • 3 dekabr, 2019, 19:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiyaning Parij shahrida "Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi "Liverpul" va Gollandiya termasi himoyachisi Virjil van Deykni 7 ochkoga ortda qoldirib, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi.

Tecno

Van Deykning jamoadoshi Trent Aleksandr-Arnold o‘zining Twitter'dagi akkauntida EChL 2018/19 mavsumida "Barselona"ga qarshi bahsga ishora qiluvchi suratni e’lon qildi. 

44

"Biz "Barsa" bilan uyda o‘ynaymiz va burchak to‘pi belgilanadi...", - deb yozadi angliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yarim finalda "Barselona" o‘z maydonida "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, javob bahsida esa 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi. O‘sha bellashuvda Aleksandr-Arnold tomonidan burchak to‘pini kutilmaganda o‘yinga kiritishi natijasida mezbonlar raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!