
“Liverpul” ham arablar qo‘liga o‘tib ketishi kutilmoqda
“Liverpul” xo‘jayinlari yaqinda yaxshi taklif bo‘lsa, klubni sotib yuborishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
Shundan so‘ng, Angliya premer-ligasining qudratli klubini xarid qilishga tayyor sarmoyadorlar safi kengaya boshladi.
Xususan, Dubai Holding xoldingining sarmoyaviy bo‘limi hisoblangan Dubai International Capital kompaniyasi “Liverpul”ni xarid qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi.
Klub savdosi uchun arab shayxlari 4,9 milliar evro sarmoya kiritishni taklif qilayotgani aytilmoqda. Bu kompaniya 2007 yilda ham “Liverpul”ni sotib olishga urinib ko‘rgandi. O‘sha paytda taklif qilingan 300 million evro klub xo‘jayini Jon Genri tomonidan rad etilgan.
Fenway Sports Group rahbari bo‘lgan Jon Genri 2010 yilda sotib olgan “Liverpul”ni 4,6 milliard evroga baholamoqda.
Fikrlar