"Liverpul" hujumchisi APLning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

  • 29 mart, 13:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Teamtalk" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" hujumchisi Darvin Nunesning yozgi transfer oynasida klubni tark etishi ehtimoli ortib bormoqda. Urugvaylik forvardga ikkita Premer-liga klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 
 
25 yoshli hujumchi Yurgen Klopp boshchiligida muhim o‘yinchilardan biri bo‘lgan, ammo Arne Slot qo‘l ostida asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda atigi 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va bu uning jamoadagi kelajagini noaniq holga keltirdi. 
 
Avvalroq "Atletiko Madrid" Nunesga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Diego Simeone uning o‘yin uslubini yuqori baholaydi va "matraschilar" hozirda ushbu transferni moliyaviy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bundan tashqari, madridliklar bilan birga, "Nottingem Forest" va "Nyukasl Yunayted" klublari ham hujumchi uchun eng asosiy nomzodlar ro‘yxatidan joy olmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli forvard joriy mavsum mersesaydliklar safida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!