
"Liverpul" hujumchisi "Barsa"ga o‘tadi. Agarda ...
Luis Diasga “Liverpul” tomonidan yangi shartnoma taklif qilinmasa, futbolchi “Barselona” klubiga ko‘chib o‘tishni xohlamoqda.
Xabaringiz bor, mersesaydliklar bir necha oydan buyon Muhammad Saloh, Virdjil van Deyk va Trent Aleksandr-Arnoldning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ushbu futbolchilarni kelasi yilda ham jamoada saqlab qolish niyatida. Shu sababli, klub rahbarlari bu vaziyatga ko‘proq e’tibor qaratishmoqda.
The Mirror nashrining xabariga ko‘ra, kolumbiyalik hujumchining Angliya klubi bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsada, futbolchi tezroq yangi shartnoma olmoqchi. Agarda bu taklif berilmasa, vinger “ko‘k-anorranglilar” safiga ko‘chib o‘tmoqchi ekanligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli o‘yinchi bu mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 85 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar