"Liverpul" Olimpiada chempionini "nishonga oldi"

  • 2 oktabr, 2024, 21:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya"ning yosh himoyachisi Xuanlu Sanches "Liverpul" e’tiborini tortdi. APL grandi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold kelasi yozda Angliyani tark etib, “Real”ga o‘tishi mumkin.

Tecno

Yuqoridagi sabab tufayli, “Liverpul” rahbariyati ushbu o‘ringa aynan 21 yoshli ispaniyalik iqtidor egasini olib kelmoqchi. Xuanlu Sanchesning “Sevilya” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan. Bundan kelib chiqilsa, kelasi yozda andalusiyaliklarda futbolchini transfer qilish orqali pul ishlash uchun yaxshi imkoniyat bor.

La Liga grandi futbolchi sotuvidan kamida 20 million evro ishlab olmoqchi. Ammo “Sevilya” bosh murabbiyi Garsiya Pimienta ushbu transferga qarshi. Murabbiyning fikricha, Xuanluga yangi shartnoma taklif qilishi kerak.

Hozircha Sanches “Sevilya”ning asosiy tarkibida 44 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!