
“Liverpul” qayta porlagan yulduzni chorlayapti
“Liverpul” rahbariyati kelasi mavsum oldidan Renatu Sansheshni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik yarim himoyachi bir paytlar katta umidlar bilan “Bavariya” safiga qo‘shilgan edi. Biroq, o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin Myunxenni tark etishga majbur bo‘ldi.
Ikki mavsum davomida Frantsiya chempionatida yorqin o‘yin ko‘rsatgan 23 yoshli yarim himoyachida endi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirish imkoni paydo bo‘ldi.
Hozirda “Lill” futbolchilasiga “Liverpul”dan tashqari “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”dan qiziqish bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, “Bavariya” ham iste’dodli futbolchiga yana bir bor imkon berishga tayyor ekanini bildirmoqda.
Fikrlar