
“Liverpul” raqibning birdaniga uch futbolchisini olib qo‘ymoqchi
“Liverpul” yozgi transfarlar davrida tarkibida jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchi. Bosh murabbiy Arne Slot kelasi mavsum oldidan o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga mos ijrochilarni qidirmoqda.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, liverpulliklar nishoniga Angliya Premer-ligasining boshqa ishtirokchisi – “Borntmut”ning birdaniga uch futbolchisi tushdi. “Qizillar” yozda himoyachilardan Milosh Kerkez va Din Xyoysen, shuningdek, qanot hujumchisi Antuan Semenoni olishga urinib ko‘radi.
“Liverpul” Kerkezni 31 yoshli Endryu Robertsonga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bir necha klublar qiziqish bildirayotgan Xyoysen Virjil van Deyk o‘rnini bosishi mumkin. Muhammad Salohning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turgani mutasaddilarni Semenoga e’tibor qaratishiga sabab bo‘lmoqda.
Angliya Premer-ligasida “Liverpul” chempionlikka asosiy da’vogar hisoblanadi. Biroq peshqadamlikni ta’minlab turgan tarkibdan bir necha muhim o‘yinchilar ketishi kutilyapti.
Fikrlar